Shifo24 app icon

Shifo24

IMKON UZBEKISTAN, JAMOAT BIRLASHMASI

★ 0.00 ratingsMedicalFree

Description

Shifo24 - bu foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan tibbiy platforma bo‘lib, shifoxonalarni topish, dorilarni eslatish va AI yordamida maslahat olish imkonini beradi. Ilova orqali sog‘lig‘ingizni boshqarish oson, qulay va tezkor bo‘ladi. Asosiy imkoniyatlar: • Shifoxonalarni xaritada ko‘rish - joylashuv bo‘yicha atrofdagi muassasalarni toping va ularning batafsil ma’lumotlarini o‘rganing. • Shifoxonalar reestri - davlat va xususiy klinikalarning to‘liq ro‘yxati, xizmatlari, aloqa ma’lumotlari va reytinglari. • Dori eslatmalari - belgilangan vaqtda dorilarni ichishni eslatadi. Har bir dori uchun ichgan yoki ichmaganligingizni belgilash imkoniyati mavjud. • Sun’iy intellekt yordamida chat - tezkor, avtomatlashtirilgan tibbiy maslahatlar va javoblar. Shifo24 orqali sog‘lig‘ingizni muntazam nazorat qiling va kerakli tibbiy xizmatlarga birgina ilova orqali ega bo‘ling.